Mayordom

Mayordom (kechki lotincha major domus-uy oqsoqoli)-Franklar davlatida merovinglar davrida (V asr oxirlari-VIII asr o’rtalari) oliy mansabdor shaxs. VII asr o’rtalaridan Mayordomlar ma’lum darajada davlat hokimiyatini o’z qo’lida to’play boshladilar. Mayordom Pipin Pakana 751 yili karolinlar sulolasiga asos soldi.