Mergan

Mergan — bexato otadigan kishi. Qadimda kamon va boshqa qurollar bilan nishonni xatosiz uradigan ovchi yoki jangchi Mergan deb atalgan. Miltiq, to’pponcha va boshqalar o’t sochar qurollardan bexato otuvchilar ham Mergan hisoblanadi. Maxsus mo’ljalga olish moslamasi bilan jihozlangan miltiqda otuvchi Mergan snayper deb yuritiladi.