Merkator proektsiyasi

Merkator proektsiyasi – xaritagrafik proektsiyalash usuli. Flamand xaritagrafi G. Merkator (1512-94) taklif qilgan va amalda qo’llagan (1569). Bunda yer sirti aylanma tsilindr sirtiga proektsiyalanadi. Tsilindr o’qi esa yer o’qi bilan mos bo’ladi. Merkator proektsiyasi dengiz navigasiyasi va aeronavigatsiyada qo’llaniladi.