Merkuriy

Merkuriy — qadimgi Rim afsonalarida Yupiterning o’g’li, tijorat, san’at, kasb-hunarlar xudosi, sayyoxlar homiysi. Yunonlardagi Germes bilan qiyoslanadi. Merkuriy boshida safar qalpog’i, oyog’ida patli shippak, qo’lida tayoq bilan tasvirlangan.