Merilend

Merilend — AQShning Atlan- tika okeani sohilidagi shtat. Mayd. 27,1 ming km2. Aholisi 5,4 mln. Kishi (2002), shundan shahar aqolisi 81%. Ma’muriy markazi — Annapolis sh., eng yirik shahri va porti — M. Chesa- pik qo’ltig’ining har ikki so-hilida. Sharqiy qismida sohilbo’yi pasttekis- ligi, markazida Pidmont platosi (eng baland joyi 400 m), g’arbiy qismida Appalachi tog’lari (eng baland joyi 1024 m) bor. Iklimi mo»tadil yumshoq, sernam iqlim. Yanv. ning o’rtacha t-rasi 2-3°, iyulniki 25— 27°. Yillik yog’in 1000 mm. Tog’yon bag’irlari o’rmonlar b-n qoplangan. Xo’jaligining etakchi tarmog’i — sanoat. Xom ashyoning aksari qismi chetdan keltiriladi. K°ra metal- lurgiya sanoati rivojlangan. Mashina- sozlik (jumladan, kemasozlik), radio- elektronika, aviaraketa, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yirik metal konstruktsi-yalar ishlab chiqariladi. Q.x. tovar mahsulotining yarmidan ortig’ini chorvachilik beradi. Qoramol, cho’chqa, parranda boqiladi. Shtatning g’arbiy qismida tamaki etishtiriladi. Dengiz- dan baliq ovlanadi. M. orqali Atlan- tika okeani sohilini Vashington shaxri b-n boglovchi muhim yo’llar o’tgan.