Mersin

Mersin — Turkiyaning Janub qismidagi shahar. Ichel elining ma’muriy markazi. Aholisi 544,3 ming kishi (2000). O’rta dengiz bo’yidagi port. To’qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari bor. Tayyor qismlardan avtomobil yig’ish zavodi ishlab turibdi.