Messina bo’g’ozi

Messina bo’g’ozi – O’rta dengizdagi bo’g’oz, Apennin yarim oroli bilan Sitsiliya oroli oralig’ida. Ioni dengizi bilan Tirren dengizini birlashtirib turadi. Uzunligi 40 kilometr chamasida, kengligi 3,5—22 kilometr. Eng sayoz joyining chuqurligi 115 metr. Stsilla va xaribda girdoblari bor. Yirik portlari: Messina va Rejodikalabriya (Italiya).