Metall qanday vujudga keldi?

Sof metallar — kimyoviy elementlardir. Bu shuni anglatadiki, ular kimyoviy yo’l bilan boshqa metallarga aylanmaydi. 100 dan ortiй kimyoviy moddalar mavjud va ulardan 80 dan ziyodi — metallardir. Ayrim metallar, masalan, oltin, platina, kumush, ba’zi paytlarda mis yerdan sof, yombi holatida topiladi. Lekin aksariyat metallarni baribir sof holda uchratish qiyin. Ular faqat boshqa moddalar bilan birikkan holda uchraydi. Yerda o’rnashgan kimyoviy birikmalar foydali qazilmalar deb ataladi. Tarkibida metallar bo’lgan foydali qazilmalar rudalardir. Rudalarning qiymati ularning tarkibida qancha metall borligi va bu metallni ajratib olish uchun qilinadigan sarf-xarajatlarning miqdoriga qarab belgilanadi. Shuningdek, qiymat ushbu metallga bo’lgan ehtiyojga ham bog’liq. Rudadan metallni ajratib olishning ko’pgina usullari mavjud. Ayrim rudalarni qayta ishlash atigi ikki-uch bosqichda amalga oshsa, boshqa rudalarni qayta ishlash juda murakkab jarayonlarni talab qiladi. Ruda kondan olib kelinganida uning tarkibida loy yoki tosh singari ko’p miqdorda keraksiz materiallar ham bo’ladi. Bu ortiqcha moddalar rudani bundan buyongi qayta ishlash jarayonlarida chiqitga ajratiladi.