METODOLOGIYA

METODOLOGIYA (yun. tadqiqod va ta’limot usullari to’g’risida ta’limot) — bilishning qurollari, vositalari, yo’llari bo’lib, ilmiy tadqiqotning umumiy strategiyasini tashkil etadi. Metodologiya turli metodlarni tadqiqotda qo’llash, ilmiy muammoni to’g’ri qo’ya bilish, uni to’g’ri bayon etish; ushbu muammoga to’g’ri yondoshuvlarni to’g’ri tanlay bilish kabi masalalar bilan bog’liqdir.