Mikroflora

Mikroflora (mikro… va Flo- ra) -muayyan tabiiy muhit (tuproq, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon, o’simlik, odam organizmi yoki organlari) da yashaydigan mikroorganizmlar maj- mui. M. termini, odatda, tabiiy sub- stratlarga nisbatan ko’llanadi. Mikro- organizmlarning muhitdagi soni tekshi- rilayotgan moddaning ma’lum hajmini qattiq yoki suyuq oziq muhitida o’stirish yoki b. yo’llar b-n aniqlanadi. Iflos- langanlik darajasiga qarab 1ml suvda 5 mingdan 100 minggacha, 1 g tuproqda 2-3 mln.gacha mikroorganizmlar bo’lishi mumkin. Odam va hayvonlar terisi, shilliq pardalari, me’dasi, ichaklari va b. organlari ham M.ning doimiy yashash joyi bo’lib, normal sharoitda organizm- ga ziyon etkazmaydi.