Miyonqol qo’zg’oloni

Ma’nosi

Miyonqol qo’zg’oloni -Buxoro xonligida Amir Haydarnnnt soliq siyo- satiga qarshi xitoyqipchoqlar qo’zg’oloni (1821-25). Miyonqol 19-a.ning boshla- rida o’zaro ichki nizo avj olgan hududga aylangan. Katta soliq va majburiyat- lar, amaldorlarning o’z mansablari- ni suiiste’mol qilishlari dehqon va hunarmandlar turmushiga juda salbiy ta’sir qilmoqda edi. Miyonqol aholisi uchun Marvda harbiy xizmatni o’tash yana bir og’ir maj-buriyat bo’lgan. 1820 y. Amir Haydar qo’shini orasida vabo kasa- li tarqalgan, shu tufayli 1821 y. bahorda Miyonqoldagi qabilalardan 500 kishi- ni Marvga safarbar etish haqida yangi farmon e’lon qilingan. Kattaqo’rg’on hokimi — Ayozbiy muddatidan avval xirojni yig’ib olish haqida ko’rsatma bergan, soliq to’lamagan dehqonlar ayov- siz jazolangan. Dehqonlarning amirga qilgan shikoyatlari natijasiz chiqqan. M.q. 4 yil davom etgan, unda mehnatkash xalqning barcha tabaqalari, shuningdek, Amir siyosatidan norozi bo’lgan ayrim mulkdorlar, amaldorlar ham qatnashgan. Qo’zg’olon yangidan-yangi tumanlarni qamrab olgan. Amir Haydar qo’zg’olonni bostirish uchun yangidan safarbarlik e’lon qilish, qo’shimcha soliqlar undirish haqida farmon chiqargan. Qo’zg’olonning so’nggi bosqichida uning mulkdor tabaqaga man- sub ayrim rahbarlari xiyonat yo’liga o’tishgan. Amirning ko’plab ayg’oqchilari qo’zg’olonchilar qarorgohida tayyorlanayot- gan jang rejalari haqida ma’lumot etka- zib berib turardilar. Qo’zg’olonchilarda jangovar harakatlarning aniq rejasi yo’q edi, harbiy kuch va texnika jihatdan ustunlik Amir tomonida edi, bundan tashqari, iqtisodiy qiyinchiliklar va xiyonat, aldov natijasida qo’zg’olonchilar taslim bo’lganlar.

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar