Mikrolitlar

Mikrolitlar (yunoncha mikros-kichik va litos)-insoniyat tomonidan ishlatilgan mayda tosh qurollar, so’nggi paleolit davrida paydo bo’lib, mezolit davrida keng tarqalgan. Lekin bronza davriga oid manzilgohlarda ham uchraydi. Hajmi bir necha millimetrdan 3 santimetrgacha. Tashqi ko’rinishiga qarab 2 turi farqlanadi: geometrik va nogeometrik. Qolaversa, bir tomoni yoki ikki tomoni ishlangan bo’lishi ham mumkin.