Milenin Semyon Mixaylovich

Milenin Semyon Mixaylovich (1903. 13.9, Lugansk sh., Ukraina — 1966.8.7, Toshkent) — teatr rassomi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). 1936 y.dan Toshkentda. Hamza teatrida bosh rassom (1960 y.gacha). M. o’zbek teatri san’ati taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. Sahna bezakla- rining maishiy tafeilotga boyligi, me’moriy shakllardagi interer, eks- tererlar, yorug’lik effektlaridan sama- rali foydalanish M.ga spektakllardagi davr va uning o’ziga xos xususiyatlarini to’liq yoritish imkonini berdi: «makr va muhabbat» (1936, F. Shiller), «Otello» (1941, u. Shekspir), «Momaqaldiroq» (1938, 1955, A. Ostrovskiy), «Alisher Navoiy» (1945, uyg’un va I. Sulton), «Hamlet» (1949, U. Shekspir), «Shohi so’zana» (1952, A. Qahhor), «yurak sirla- ri» (1953, B. Rahmonov) va b.