Milev yordan

Milev yordan (1933, Vrachansk okrugi, Bolgariya) — bolgar shoiri. Dastlabki she’riy kitobi — «hayotga muhabbat» (1964). «Nestinar raqslari» (1965), «olis yo’llar», «taqdir» (1967), «Sharq dostoni» (1968), «vaktni varak- daganda» (1970), «qoyadagi ayol» (1971) va b. she’riy to’shtamlar muallifi. O’zbekistonda ko’p marta bo’lgan. «Sharq dostoni»da, «mening Samarqandim», «Unutmayman seni, Farg’ona» she’rlari- da O’rta Osiyo bo’ylab qilgan sayohati taas- surotlari, O’zbekistonga maftun bo’lgan shoirning kechinmalari aks etgan. G’afur G’ulom va Zulfiyaning asarlari uning tarjimasida bolgar tilida nashr etil- gan (1970-71). Hofiz Sheroziy, Umar Xay-yom, Alisher Navoiy asarlarini bolgar tiliga tarjima qilgan. M.ning «Ettinchi qit’a» she’rlar to’plami o’zbek tilida nashr qilingan (1967).