Mindanao
Mindanao — Filippin arxi- pelaginingjan.dagi Orol. Kattaligi bo’yicha Luson o.dan keyin 2-o’rinda. Mayd. 94,6 ming km2. Relefida eng ba- Land joyi 2954 m bo’lgan vulkan massiv- lari b-n pasttekisliklar almashinib keladi. M. murakkab konfigurasiyam ega, yirik qo’ltiqlar va tor, okean ichiga uzoq kirib borgan yarim Orol ko’p. Zamini sla- nes, qumtosh, ohaktosh, bazalt jinslari- dan tuzilgan. Seysmik faol, harakatdagi vulkanlar bor. So-hilbo’yi pasttekisli- klari va yirik tog’oralig’idagi vodiy- lar botqoqlashgan. Ko’mir, temir ruda- si va rangli metall konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, mussonli, Jan. da ekvatorial iqlim, havo t-rasi yil bo’yi tekisliklarda 25-28°. Yillik yog’in 1000 mm dan 4000 mm gacha. Asosiy da-ryolari — Mindanao, Pulangi va agu- san. Tropik va mussonli o’rmonlar, sohil qismida mangra o’rmonlari usadi. Kokos palmasi plantasiyalari bor, sholi eki- ladi, ananas etishtiriladi. M.da Davao, Zamboanga sh.lari joylashgan.