«Ming uy»
«Ming uy» (xitoycha «Chyanfodung»), Mogaoku — Xitoyning Sintszyan-uyg’ur Muxtor rayonidagi tog’li hududlarda joylashgan budda g’or ibodatxonalari. Ular qizil (Kuchar viloyati), Turfon, Xesi yo’lagi, Dunxuanda uchraydi. Dun- xuandagi «M.u.»ularning eng yirigi bo’lib uning rasmiy nomi — «Mogaoku» («Qumlikdagi baland budda ibodatxona- si»). Ibodatxona hujrachalari qoyaning ichini o’yib ishlash usuli b-n yasalgan. Eng qad. hujra 366 y.ga mansub, jami — 492 ta, ularning devorlari va shipi buddaviylik Syu-jetlari, tarixi va af- sonalariga oid rasmlarga to’la. Katta hujralarda haykallar o’rtada, kichi- klarida eshik ro’parasida joylashgan, jami 2415 haykal bor. Devoriy rasmlar ichida (158hujra) Markaziy Osiyodan borgan odamlar surati uchraydi. Ibo- datxonaning Markaziy hujrasida bal. 33 m keladigan Buddaning katta haykali o’rnatilgan. Ibodatxonada hujralarning ko’pligiga sabab, buddaviylikda Kamo- lotga erishgan har bir zot bitta hujra qurishi lozim bo’lgan. Abdulahad Xo’jaev.