Mir Said Ali

Mir Said Ali (16-a.) — mini- atyurachi musavvir, Tabriz miniatyura maktabining yirik vakili, Hindiston miniatyura maktabinit asoschilaridan. Termizda tug’ilgan. Otasi Mir Mansur Musavvir va Kamoliddin Behzoddan mu- savvirlikni o’rgangan. Ke-yinchilik ota- si b-n Hirotga kelgan. Tabriz (1520-45), Kobul (1545-55) va Hindiston (1555-70, Jaloliddin Akbar kutubxonasida mu- savvirlarga rahnamolik qilgan)da yashab ijod qilgan. M.S.A. ijodida Behzod an’analarini davom ettirgan, asarlari- da xalq, ayniqsa, chorvadorlar hayotini atroflicha jonli va ta’sirchan qilib tasvirlagan. Nizomiyning «Layli va Majnun» dostonini badiiy bezagan (1539-43, Britaniya muzeyida), «Qissai Amir Hamza» qo’lyozmasiga bir guruh mu- savvirlar b-n birgalikda yaratgan 400 dona raem ayniqsa diqqatga sazovor (55×77 sm hajmdagi matoga ishlangan, Shveytsariyaning Vena sh. va b. mamlakat- lardagi muzeylarda). Musavvir «Nodir ul-mulki Humoyun» («Humoyun davlati- ning durdonasi») faxriy unvoniga sa- zovor bo’lgan. M.S.A. Judoiy taxallusi b-n she’rlar bitgan, devon ham tuzgan. Abdumajid Madraimov.