Mirza Karim (1946-1993)

Mirza Karim (Mirzakarim Pirmatov, 27.12.1946 — 27.03.1993) Andijon viloyati, Bo‘z tumanidagi Jiydaqator qishlog‘ida tug‘ilgan. Andijon davlat pedagogika oliygohini tugatgan.

Yozuvchi o‘zining qisqa umri mobaynida «Yulduzlar jilmayadi», «Ibrohim Eshonxo‘jayev», «Qalbimni ochay sizga», «Birinchi sekretar», «Xayol qushi», «Munavvara ertaklari yoki No‘xatpolvonning sarguzashtlari» to‘plamlarini chop ettirgan. «Mohlaroyim» romani Mirza Karimning so‘nggi ijod mahsulidir.