Mirzaev Alisher To’laganovich

Mirzaev Alisher To’laganovich (1948.21.3, Toshkent) — rangtasvir va grafika ustasi, O’zbekiston ba akad. (1997). O’zbekiston xalqrassomi (1992). P. Benkov nomidagi Respublika rassom- lik bilim yurti (1964-68) va V. Suri- kov nomidagi Moskva rassomlik san’ati in-ti (1968-74)da ta’lim olgan. Toshkent politexnika in-ti (1974-78) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-ti (1978- 1997)da pedagog. 1997 y.dan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn in-tida pedagog, prof. (2000). M. asarlari o’zining milliyligi, ranglar uyg’unligi b-n ajralib turadi; dastlab- ki asarlaridayoq an’anaviy mavzularga o’ziga xos echim va talqin baxsh etdi: «so- zandalar» (1968), «rassom K. Nosirov» (1975), «yosh oila haqida qo’shiq» (1976), «Uchrashuv» (1982) va b. «So’qoq Moza- ikasi», «rassom va tabiat», «Parkent ayollari» (1980-y.lar) kabi manzaralar, «Avtoportretli natyurmort» (1982), «Surxondaryo natyurmorta» (1982) va b. natyurmortlar turkum asarlarida manza- ra, urf-odatlar mujassamlashgan, tabiat va inson birligi tarannum etilgan. 1990-y.larda A. Qodiriy asarlari- ga, jumladan, «o’tgan kunlar» asari- ga qalamtasvirda «kumush va Zaynab», «Xayol», «haydalish kuyi», «Fuzuliyni o’qib», «hayotim lolazoridan ayurding» va b. asarlar yaratib milliy grafika ri- vojiga katta hissa qo’shdi. 1972 y.dan respublika va xorijiy ko’rgazmalarda asarlari b-n qatnashadi. M. asarlarv- dan bir qismi respublika va chet mamla- katlar muzeylari, shaxsiy to’plamlarda saqlanadi. M. haqida «palitra» (1983) va «Alisher Mirzo» (2000) nomli fil- mlar ishlangan. AB-dulla Qodiriy nomi- dagi O’zbekiston Davlat mukofoti Laure- ati (1994). «El-yurt xurmati» ordeni b-n mukofotlangan (1999). Alisher Mirzaev. «Uchrashuv» (1982). Ad.: Umarov A., Alisher Mirzaev, T., 1993; Egamberdiev A., Alisher Mirzo, T., 1999.