MIRZAKALON ISMOILIY

MIRZAKALON ISMOILIY (1908.15.10, Ush — 1986.5.5, Toshkent) — yozuvchi, tarjimon. Uzbekistonda xiz- mat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Urta Osiyo untining Sharq f-tida o’qigan (1928-30), rabfakda dare bergan. Uz- bekiston Davlat nashriyoti (1932-37), Toshkent kinostudiyasi (1937-38), yozuv- chilar uyushmasi (1939), «qizil Uzbeki- ston» gaz. (1948-49) va «Sharq yulduzi» jur.da (1949-50) ishlagan. 2-jahon uru- shi qatnashchisi. Qatag’onga uchrab 1950-55 y.larda qamalgan. G’afur G’ulom nomida- gi adabiyot va san’at nashriyotida budim mudiri (1955-58). «Ozod inson haqida qo’shiq» hikoyalar to’plami (1948), «keng maydonlar» pesasi (1949) muallifi. «Farg’ona tong otguncha» tari-xiy romani (1-2-kitob, 1958-1968)da 20-a. boshi- dagi oddiy kishilarning ma’rifat sari intilishi tasvirlangan. Roman milliy ruhi, favqulodda boy, shirador tili, 20-a. boshidagi xalq hayotining ajoyib tasviri va boshqa g’oyaviybadiiy xusu- siyatlari b-n ajralib turadi. «Bizning roman» (1962), «inson husni» (1969) va «Odamiylik qissasi» (1972), «Qizlar daftari» (1980), «uzingdan ko’r» (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuv- lik va o’zaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan. M.I. jahon adabiyoti- ning 200 dan ortiq namunalarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.