Mirzaobod tumani

Mirzaobod tumani – sirda- ryo viloyatidagi tuman. 1988 y. 2 sent.da tashkil etilgan. Dastlab Komsomol, 1992 y. 22 okt.dan Mirzaobod deb nomlangan. Viloyatning Sirdaryo, Guliston, Sayxu- nobod, Boyovut, mehnat-obod, Sharof ra- shidov va Oqoltin tumanlari hamda bir qismi Qozog’iston b-n chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 41,5 ming kishi (2000). M.t.da 7 qishloq fuqarolari yig’ini (Birlashgan, Mehnatobod, Mirzacho’l, Navbahor, Nurafshon, Oqoltin, Toshkent) bor. Markazi Navro’z qishlog’i. Tabiati. M.t. Mirzacho’l tekisligida joylashgan. Er yuzasi tekislik (o’rtacha bal. 250 m), lyossimon qumoq va kumlok- dar b-n qoplangan. Iqlimi kontinental. Iyulning o’rtacha t-rasi 28°, yanv.niki -2° dan -4° gacha. Yiliga 200-300 mm yog’in tushadi. Grunt suvlari sho’r va sho’rtob. Tuproklari, asosan, bo’z tuproq. Tabi- iy o’simliklardan miya, yantoq, qamish, yulg’un, qiyoq kabilar ariqzovurlar che- tida o’sadi. Chiyabo’ri, to’qay mushugi, bo’rsiq, qo’shoyoq, ko’rsichqon, kaltakesak va ilonlar uchraydi. Parrandalardan o’rdak, loyxo’rak, qirg’ovul, so’fito’rg’ay, chumchuq va b. bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, rus, tatar, tojik, qozoq, Ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 94 kishi to’g’ri keladi. Xo’jaligining asosi — dehqrnchilik, etakchi tarmog’i — paxtachilik. G’alla, sabzavot, poliz, meva, uzum, kartosh- ka ham etishtiriladi. Tumanning aso- siy ekin maydoni 44426 ga, shundan sug’oriladigan erlar 24043 ga. M.t.da 10 shirkat, 43 dehqon-fermer xo’jaligi, 5 xususiy ferma, 2 chorvachilik aktsiyador- lik jamiyati bor. Tumanda 3 sanoat, 2 qurilish korxonasi, 37 xususiy korxona, dehqon bozori, Xalq banki binosi, sta- Dion, tennis korti mavjud. 30 ga yaqin umumiy ta’lim maktabi, kasb-hunar, 2 iqtidorli bolalar liseylari fao- liyat ko’rsatadi. 3 kasalxona, 5 qishloq vrachlik punkti, Markaziy poliklinika xalqqa xizmat qiladi.