Mirzarahimov Qosim
Mirzarahimov Qosim (1925.16.5, Chimkent — 2000.26.6, Tosh- kent) — haykaltarosh, O’zbekiston ba akad. (1997), O’zbekiston xalqrassomi (1996). Respublika rassomlik bilim yurtini haykaltaroshlik bo’limi (F. Grishchen-ko sinfi)ni tugatgan (1964). Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli 1947 y. dan I guruh nogironi. Davolanish uchun Toshkentga olib kelingan. Nogi- ronlik kasali og’irlashib to’shakda yotgan holda faqat bitta chap qo’li b-n mo»jaz va dastgohli plastika, haykallar yara- tishda davom etadi. M. asarlarining asosiy mavzusini zamondoshlar siymo- sini ifoda etuvchi psixologik portret- lar turkumi tashkil etadi: «General Sobir Rahimov», «Fransua Mitteran», «Qiz portreta», «Avtoportret», «gim- nastikachi qiz», «Turg’ut Ozal», «Bill Klinton», «Yoshlik», «Alisher Navo- iy», «Shoira Zulfiya», «Onam», «ular tinchlik’ istaydi» (chinni, 1989) va b. Butun hayoti va ijodi matonat ramzi bo’lgan haykaltarosh merosi yoshlarga o’rnak si-fatida katta ahamiyatga ega. «O’zbektelefilm»da M. ga bag’ishlangan hujjatli film yaratilgan. 1965 y.dan shaxsiy ko’rgazmalari uyushtirilgan. Asarlari respublika va xorijiy mamla- katlar muzeylarida saqlanadi.