Mirzaterak
Mirzaterak, afg’on teragi — te- rak turi. O’zbekistonda, ayniqsa Farg’ona vodiysida keng tarqalgan, faqat madaniy holda o’stiriladi. Taxmin qilinishicha, uning vatani Afg’oniston va Himolay tog’lari hisoblanadi. Bu erlarda M. tabiiy hodda o’sadi. Shox-shabbasi urchuqsimon, bo’yi 40 m gacha etadi. Ta- nasi va shoxlarining po’stlog’i silliq, shoxlari ingichka, yuqoriga qarab o’tkir burchak hosil qilib, tanasiga yopishgan holda o’sadi. Barglari rombsimon, uz. 5-7 sm gacha, uch tomoni qisqa, chetlari arra tishli. Issiq-sevar va uch tomoni fototropizm xususiyatiga ega, boshqa te- raklarga qaraganda qalin o’stiriladi. Urug’chi kuchalalarining uz. 5-7 sm, rangi yashil, g’ovak, yo’g’onligi 1 sm atro- fida. Changchi kuchalalari esa 5 sm gacha uzunlikda. Mart—apr. oylarida gullab, urug’lari 30-40 kunda pishib etiladi. 1000 dona urug’ining og’irligi 1 — 1,2 g keladi. Ildizi kuchli, Toshloq erlarda o’sishga yaxshi moslashgan. Tomorqalarda gektar boshiga 10 ming tup va undan ham qalinroq qilib ekish mumkin. M. terak- zorlarda 3×3 m yoki 2×4 m qilib ekiladi. Qatorlab ekilganda ko’chatlar orasi 1,0— 1,5 m bo’lishi kerak. Abdushukur Xonazarov.