Misqol

Misqol (arabcha)-qadimgi og’irlik o’lchov birligi; Sharq (arab) mamlakatlarida qimmatbaho buyumlarning og’irligi Misqol bilan o’lchangan. 1 Misqol og’irligi 100 dona arpa (yoki bug’doy) doni og’irligiga tenglashtirilgan. Agar bir dona arpa donini qadimda o’rtacha 0,0409512 grammga teng qilib olingani hisobga olinsa, u holda, 1 Misqol=100 arpa doni=1000,04095122=4,09512 gramm bo’ladi. Samarqand (VI-VIII asrlar)da 4,46 grammga, Buxoro (XVI-XIX asrlar)da 4,8-5 grammga, Xorazm (XIV asr) va Farg’ona vodiysida 4,55 grammga teng bo’lgan. Misr va Sudanda 1 Misqol 4,68 gramm, Suriyada 4,45, Iroqda 4,46 gramm, Eron (XIV asr)da 4,3 grammga, XIX asr oxiridan esa 4,639 grammga, Hindistonda 4,583 grammga teng bo’lgan. Misqol Yaqin Sharq hozir ham ishlatiladi.