Mizanstsena nima?

Spektaklning u yoki bu pallasida aktyorlarning joylashuvi mizanstsena (fransuzcha mice en scene — sahnada joylashuv) deb ataladi. XX asr boshlariga qadar sahnada odatda Premer — bosh rolni ijro etuvchi artist yetakchilik qilar edi. U aktyorlarni bosh rollarni ijro etuvchilar birinchi planga chiqadigan tarzda joy-joyiga qo’yar edi. Biroq ayrim adiblar o’z pyesalari pardalari paytida qahramonlarning sahnada joylashishini maxsus pisanda qilishardi. Jumladan Griboyedov («Aqllilik balosi») va Gogol («Revizor») shunday qilishgan: eng ko’p ifodalilik uchun zarur bo’lgan aktyorlarning joylashishi batafsil tasvirlanadi; masalan, «Revizor» yakunlanadigan ovozsiz sahna. XX asr boshlaridan e’tiboran teatr tomoshasida mizanstsenaning ahamiyati keskin ortadi. U rejissyorning o’z pyesasi kontsepsiyasini gavdalantirishda madad beradigan tilga aylandi. Sahnada o’ynaydigan shaxslarning joylashuvi voqealar rivojlanadigan dekoratsiya bilan, shuningdek unda ishtirok etayotgan aktyorlarning o’yini bilan muvofiqlashishi lozim. Yorug’likni qo’llash alohida ahamiyat kasb etadi. Yaxshi o’rnatilgan yoritgichlar nafaqat katta badiiy samara hosil qiladi, balki qahramonlar tabiatini yanada teranroq ochib berishda aktyorlarga yordam ham beradi. Mana shuning uchun ham sahnalashtirish paytida tomoshabin oldidan o’tadigan mizanstsenalarning butun ketma-ketligi yagona timsolga birlashishga ko’zquloq bo’luvchi rassom har bir mizanstsenani uyushtirish chog’ida rejissyor bilan yelkama-yelka ishlaydi.