Mo‘minjon Muhammadjonov (1883-1964) kim bo’lganini bilasizmi?
Mo‘minjon Muhammadjonov (taxallusi Toshqin; 1883 — Toshkent 1964) — yozuvchi, ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining namoyandasi. Sharofboy, Beklar begi (Toshkent), Oliya (Ufa) kabi madrasalarda tahsil olgan. Ayni paytda eski maktablarda dars bergan.
Toshkent, Namangan, Qo‘qon, Andijon, Ush, Jalolobod, Xo‘jand, Shahrisabz va boshqa shaharlarda yangi usuldagi maktablar ochgan. «Sadoyi Turkiston», keyinchalik «Ishtirokiyun» gazetalari va «Maorif», «Mushtum» jurnallarida ishlagan. Andijonda Cho‘lpon va Toshkentda Hamza bilan hamkorlik qilgan. XXSR maorif nozirligida xizmat qilgan (1920—21).
Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ishlagan (1944—50).
Mo‘minjon Muhammadjonov «Qonli tun» (1926; Ziyo Said bilan hamkorlikda) pesasi, «Turmush urinishlari» (1926) xotiralar kitobi va turli hajviy she’rlar muallifi.
O‘xshash so‘zlar
- Muhammad Ali (1942) kim bo’lganini bilasizmi?
- Muhammad Rahimxon Feruz (1845-1910) kim bo’lganini bilasizmi?
- Muhammad Yusuf (1954-2001) kim bo’lganini bilasizmi?
- Muhammad Yusuf Muhammad Yoqub o‘g‘li (1889-1952) kim bo’lganini bilasizmi?
- Muhammad Yusufbek Bayoniy (1858-1923) kim bo’lganini bilasizmi?
- Muhammadamin Faxriddinov (1894-1941) kim bo’lganini bilasizmi?
- Muhammadjon Mirzamuhamedov (1933) kim bo’lganini bilasizmi?
- Muhammadjon Xolbekov (1950-2020) kim bo’lganini bilasizmi?


