Monblan
Monblan (Frans. va ital. — Oqtog’) — G’arbiy Alp tog’laridagi tog’ massivi, Frantsiya, Italiya va Shveytsariya chegarasi bo’ylab 50 km masofaga cho’zilgan. Eng baland joyi 4807 m, G’arbiy evro- pada eng baland cho’qqi. Granit, gneys va kristall jinslardan tuzilgan. Tog’tepa- sidagi muzliklarning mayd. 200 km2 dan ortiq, eng yirigi Merde-Glas muzligi (uz. 15 km). Alpinizm, turizm rivoj- langan. Astronomiya va meteorologiya ra- sadxonasi bor. M. orqali uz. 11,6 km li avtomobil tonneli qurilgan.