Moreliya

Moreliya — Meksikaning Jan. qismidagi shahar, o’rtacha 1940 m ba- landlikda. Michoakan shtatining ma’- muriy markazi. Aholisi 620 ming kishi (2000). Panamerika shossesidagi yirik transport yo’llari tuguni. Q.x. rayoni- ning savdo markazi. Oziq-ovqat, kimyo, ko’n-poyabzal, tsellyulozaqog’oz, o’rmon sa-noati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Yirik madaniy markaz: un-t, texnologiya in-ti, nafis san’at maktabi, muzeylar bor. Me’moriy yodgorliklardan 16-18-a.lar- da qurilgan monastir, sobor, hukumat saroyi, akveduk saqlangan. Shaharga 1541 y.da asos solingan va 1828 y.gacha Valyadolid deb atalgan.