Moskva cho’qqisi

Moskva cho’qqisi — Pomirning shimoliy-g’arbiy qismidagi Petr I tizmasining eng yuqori nuqtasi, Tojikistonda. Balandligi 6785 metr. Yon bag’irlaridan Gando, Sagran, Fortambek muzliklari boshlanadi. Cho’qqiga birinchi bo’lib 1956 yilda D. Oboladze boshliq alpinistlar chiqishgan.