Movarounnahr
Movarounnahr (arabch-daryoning narigi tomoni)-o’rta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu ma’noni anglatgan fors tilidagi “Varorud” va “Varojayhun” shakllari ham mavjud bo’lib, ularning barchasi avval (XI asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, XI asr boshidan e’tibora esa Turkiston, ya’ni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi ma’muriy birlik sifatida tushunilgan. XI asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi bo’lmish yangi “Transoksiana” yoki Transoksaniya” atamalari muomalaga kiritilgan.