Mozaika
Mozaika (fransuzcha masaique-muzalarga bag’ishlangan)-bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog’och, marmar, metal va boshqalar) bo’laklaridan ishlangan tasvir, naqsh. Mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy san’at asarlarini bezashda, dastgoh san’ati asarlari yaratishda qo’llanadi. Turli ranglarda bo’yalgan doiralardan iborat eng qadimgi Mozaika miloddan avvalgi 3-mingyillikka mansub. Mozaika Qadimgi Sharq mamlakatlarida, antik davr va o’rta asrlarda Vizantiya, Italiya, Gruziya, Qadimgi Rusda rivojlangan. G’arbiy Yevropa san’atida bezak Mozaikalar keng tarqalgan. Islom mamlakatlarida XIII-XIV asrlarda koshinli Mozaika rivojlangan, qoliplar asosida ishlangan bo’laklar yig’ilib murakkab naqsh (tasvir)lar hosil qilingan.