Mudofaa devorlari

Mudofaa devorlari-aholini dushman hujumidan saqlash maqsadida qadimgi dehqonchilik vohalari atrofiga qurilgan devorlar. Bunday devorlar Osiyo, Yevropa va Afrika qit’asidagi ko’pgina mamlakatlarda qurilgan (masalan, Buyuk Xitoy devori, Antonin devori va boshqalar). O’zbekiston hududida Shahrisabz, Kitob, Nurota dehqonchilik tumanlari va Maroqand shahri atrofidagi qishloqlar tevaragiga Mudofaa devorlari qurilgan. Yozma manbalarda bu devorlar Hoitul xoriji (Tashqi devor), Hoitul kabiri (Katta devor), Surul a’zami (Ulug’vor devor), Kanpir devor, Devori kandi buzurg (Katta viloyatning devori), Devori Kandi dizak (Istehkomli viloyat devori) degan nomlar bilan atalgan.