Mudofaa inshootlari

Mudofaa inshootlari-o’t ochish, jang maydonini kuzatish va qo’shinlarni boshqarish, shaxsiy tarkib, jangovar texnika va transport vositalarini himoya qilish singari tadbirlar uchun mo’ljallangan inshootlar. Mudofaa inshootlariga turli tipdagi okoplar, transheyalar, o’t ochish vositalari uchun maydonchalar, kuzatish punktlari, pana joylar, blindajlar, maxsus o’q-dori omborlari, aloqa yo’llari va boshqalar kiradi. Mudofaa inshootlari barpo qilish juda uzoq tarixga ega. Qadimda shahar yoki qo’rg’onlarni dushman hujumidan himoya qilish uchun mudofaa devorlari qurilgan, qo’rg’onlar atrofida chuqur xandaqlar qazilib, ular suv bilan to’ldirib qo’yilgan. Qal’a yoki qo’rg’on devorlarida o’t ochish tuynuklari (shinaklar), burjlar bo’lgan.