Mug’xona, ququm, mug’tosh

Mug’xona, ququm, mug’tosh-1) otashparastlar qarorgohi; 2) o’tov shaklida toshdan yasalgan qabr inshooti (miloddan avvalgi III-II-milodiy V-VI asrlar). Namangan viloyatidagi Kosonsoy yaqinidan topilgan Mug’xona Shimoliy Farg’onaning yarim o’troq qabilalariga mansub. Inshoot devorlari siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5×8,5 metr) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuynugi bo’lib, toshtaxta bilan berkitib qo’yilgan. Mug’xonadan odam suyaklari, tuvak, ko’za, dastali payola, qilich, pichoq, jez va temir o’q uchi, jez ko’zgu, zirak, uzuk, munchoq, nafis mo’ychinok va boshqalar topilgan. Idishlar qizil, qora angob bilan tirnab hoshiyalangan.