Muhaddis

Muhaddis (arabcha-hadis rivoyat qiluvchi)-hadislarni to’plash, saralash va sharhlash bilan shug’ullangan ilohiyotchi. Muhammad payg’ambar vafotidan keyin hadislarni to’plash keng an’anaga aylana boshlanishi natijasida, ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada ixtisoslashgan va ular Muhaddislar deb nom olgan. Hadis to’plamlari islom an’anasida e’tibor qozonib, Muhaddislar (masalan, Imom al-Buxoriy, Muslim ibn al-Hajjoj, Ibn Moja va boshqalar) islom tarixida mashhur bo’lib ketgan.