Muhammad bin Abdulla Said alHasan

Muhammad bin Abdulla Said alHasan (taxm. 1860-1920.21.12, efi- Opiya, imi r-ni) — Somali xalqining milliy qahramoni, Buyuk Britaniya va Italiya mustamlakachilariga qarshi ozod- lik qo’zg’oloni rahbari (1899— 1920). Somali ya.o. ingliz mustamlakachilari to- monidan bosib olinib, taqsimlangandan keyin boshlangan qo’zg’olon milliy ozod- lik tusini olgan. Qo’zg’olon «Muqaddas urush» (jihod), «dinsizlar»ga qarshi ko’rinish shaklini olib, Somali xalqining keng ommasini qamrab olgan. Natijada ingliz mustamlakachilari ichki r-nlardan qo’shinlarini olib chiqishga majbur bo’lishgan. Ozod qilingan hududlarda markazlashgan davlat tuzish harakati boshlangan. 1920 y. dagina in- gliz mustamlakachilari aviasiya yordami- da M.b.A. ning qo’shinini mag’lubiyatga uchratishgan. M.b.A. uyushqoqlik b-n qo’shinini Efiopiyaga o’tkazishga erish- gan, lekin ko’pgina qo’zg’olonchilar va uning o’zi kasallikdan vafot etishgan.