MUHAMMAD SHARIF BUXORIY

MUHAMMAD SHARIF BUXORIY, al-Alaviy, Muhammad Sharif ibn Muhammad al-Husayniy al-Buxoriy (1609-1697) — buxorolik faylasuf va tarixchi. Falsafa, tasavvuf, tarix, fiqx., tilshunoslik, she’riyat, astrono- miya sohasida 20 dan ortiq asarlar yoz- gan. «ArRisola addavriya» («davriylik haqida risola») asari makon va zamon masalalariga bag’ishlangan, Adudiddin al-Idjiyning «Adudiyya aqidalari sharhiga hoshiya» va Sa’duddin tafta- zoniyning «Mavlaviy Sharif Tahzib sharhiga hoshiya» asarlariga sharhlar yozgan. Faylasufning «Devoni Sharif» yoki «g’azaliyoti Sharif» nomi b-n ta- nilgan devoni ham mavjud bo’lib, tur- li kotiblar tomonidan ko’chirib kelin- gan. Uning Arab tilshunosligiga oid «Hoshiyai Mavlaviyi Sharif bar favoy- idi Ziyoiyya» («Mavlaviyi Sharifning Ziyoiy foydalariga izohi») asari bo’lib, u «Al-qofiya»ga sharh sifatida yozilgan. Bundan tashqari, «Jome’ulmasoyil» («Masalalar majmui»), «Zubdat ul – af- kor», «Aqoid asoslari haqida risola», «Mavlaviy Sharif risolasi», «nazm ul- muxtasar» va b. asarlar muallifi. M.Sh.B. Mir arabmadrasasiaya mu- darrislik qilgan. Uning «kitobi FA- voyidi xoqoniyya» («xoqonga foydali maslahatlar kitobi») asari 25 bob va 32 fasldan iborat bo’lib, unda shari- at qonunqoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumot- lar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar mavjud. Ad.: O’zbekistonda ijtimoiy-fal- Safiy fikrlar tarixidan, T., 1995; nu- ritdinov M., Iz istorii obtshestven- nofilosofskoy misli Sredney Azii v XVI—XVII vekax, T., 1996; Ma’naviyat yulduzlari, T., 2001; Hoshimxonov M., Mashrabi mo»tabar o’zim, T., 2002. Qahramon Rajabov.