Muhtasib

Muhtasib (arabcha-hisob-kitob, nazorat qiluvchi)-o’rta asr musulmon davlatlarida islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor shaxslar toifasiga kirgan. O’rta Osiyoda ular rais deb atalgan. Muhtasiblar bozorlardagi narx-navo va o’lchov asboblarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish, urf-odatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishialrni jazolashga hukm chiqarish kabilar bilan shug’ullangan. Buxoro amirligida Muhtasib shayxulislom va muftiydan keyin uchinchi mansab hisoblangan. Somoniylar davrida alohida devon sohibi bo’lgan.