Mulki xolis, mulki hur
Mulki xolis, mulki hur-1) o’tmishda davlatga qarashli bo’lgan shu mulk xazinaga pul to’lab sotib olingan, yer egasi shariatga ko’ra 2/3 qismini davlatga berib, qolgan 1/3 qismini o’zida qoldirgan. Bu xildagi yerlar har qanday davlat soliqlaridan ozod etilgani uchun Mulki xolis deb atalgan va sotilishi yoki meros qilib qoldirilishi mumkin bo’lgan; 2) davlat soliqlaridan ozod etilgan, in’om qilingan yoki taqdim etilgan yer.