Munitsipalitet
Munitsipalitet (nemischa Munizi-palitat, lotincha municipium-o’zini o’zi idora qiluvchi jamoa so’zidan)-bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o’zini o’zi boshqaruvchi saylab qo’yiladigan organlar majmui. Ayrim mamlakatlarda (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina Munitsipalitet deb ataladi. Munitsipalitet tegishli ma’muriy-hududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitutsiyaviy huquqda xalq huquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, Munitsipalitet mer, burgomist va boshqalar boshchiligidagi saylab qo’yiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat bo’ladi.