Munitsipiylar
Munitsipiylar (lotincha municipium, munus-sovg’a, burch, xizmat va capio-olaman)-Qadimgi Rimda Italiyadagi, miloddan avvalgi III asrdan esa provintsiyalardagi aholisi to’liq yoki cheklangan Rim fuqaroligi huquqi va o’zini o’zi boshqarish huquqini olgan shaharlar. Rim imperiyasidagi o’zi o’zi boshqaradigan shahar okrugi. Xalq majlisi, shahar senati va a’zolari dekuionlar yoki kuriollar deb ataladigan shahar kuriyasi Munitsipiylarning organlari hisoblangan. 212 yili e’lon qilingan Karakalla edikti bo’yicha imperiyaning barcha aholisi Rim fuqaroligiga ega bo’lgan.