Munkar va nakir

Munkar va nakir-islom tasavvurga ko’ra, o’lganlarni qabrda dastlabki so’roq qiluvchi farishtalar. Munkar va nakir taqvodor bo’lgan mayyitlarni to qiyomat bo’lgunga qadar tinch qo’yadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xohlasa, shuncha azoblaydi. Munkar va nakir nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa bu farishtalar tilga olinmaydi.