Muraqqa’
Muraqqa’ (arabcha ruq’a-maktub, qog’ozdagi yozuv)-1) maktublardan tuzilgan majmua. Muraqqa’da husnixat (yozuv) namunalari, alohida rasmlar to’plangan. Ular muqovalanib, kitob holiga keltirilgan. Odatda, shohlar, shahzodalar Muraqqa’ to’plagan va ular to’plovchilar nomi bilan atalgan. Masalan, “Bahrom Mirza Muraqqa’si”, “Muraqqa’i Gulshan” (Jahongir Mirzo tuzgan Muraqqa’) va boshqalar; 2) naqsh turi. Maxsus rangli qog’ozga chizilgan naqsh bo’laklari qirqib olinib, shift yoki devorlarga tushirilgan axta chiziqlari ustidan yopishtirib chiqiladi. Xivadagi Toshhovlining ayrim binolari shu usulda bezatilgan.