Murchil
Murchil (turkcha)-jangovar tartib; Amir Temur armiyasi harbiy yurishga otlanganda, mavjud intizom va qoidaga bo’ysunilgan. Murchilga binoan har bir sarkarda o’z bo’linma yoki qismlari bilan egallab turgan mansabiga ko’ra safdan o’rin olgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sida qayd etilishicha, yuzlik, minglik, qo’shin beklari o’z askarlariga boshchilik qilgan holda guruh-guruh bo’lib Murchilni tashkil qilgan. Murchilning buzilishi, muayyan yuzlik, minglik yoki tuman o’rnini boshqa yuzlik, minglik yoxud tumanning egallashi qat’iy taqiqlangan. Murchilda o’z guruhidan adashgan jangchilarga jazo berilgan.