Mushrikiylik

Mushrikiylik (arabcha-sherik qiluvchi)-ko’pxudolikning arab qabilalari o’rtasida islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va hokazolarga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga e’tidoq qilgan. Mushrikiylik tushunchasi Qur’onda xudoni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, ya’ni xudolar ko’p deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar ta’limotiga nisbatan ishlatilgan.