MUSTABIDLIK

MUSTABIDLIK (despotiya) — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zo’ravonlik, bosib olish, ba‘zan esa, qonuniy hokimiyatni ag’darib tashlash natijasida o’rnatiladi. Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar bo’lmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning o’zi juda kam bo’ladi. U zo’ravonlik, ba‘zan esa terror va genosid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. Mustabidlik tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. Mustabidlik rejimi insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos bo’lsada, ayrim hozirgi zamon davlatlarida ham uning o’ziga xos jihatlarini ko’rish mumkin.