MUXAMEDOV DAVLAT

MUXAMEDOV DAVLAT (1955.13.5, Gurlan tumani) — ganchkor usta, O’zbekiston xalq ustasi (2004). Toshkent politexnika in-tiping me’morlik fakultetini tugatgan (1977). Xorazm viloyati xalq amaliy san’ati bo’limida usta (1980-99); 1999 yildan «Usto» respublika badiiy ishlab chiqarish uyushmasida usta. Muxamedov yaratgan ganchkori naqshlar nafisligi hamda zamonaviy binolar bilan uygunligi diqqatga sazovor. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi majlislar zali, Bekobod, Toshkent va Urganch sh.lari hokimiyatlari, «Turkiston» saroyi va boshqa yirik inshootlarning ganchkorlik ishida ishtirok etgan.