Muzliklar

Muzliklar — siljib turadigan tabiiy muz to’plamlari. Bir sutkada bir necha sm dan o’nlab m gacha siljiydi. M. ko’p yillar davomida to’plangan krrlar- dan paydo bo’ladi. Qutb o’lkalarida (An- tarktida, Grenlandiya va shim. orollar- da) kalinligi 2 -3 km ga etadigan muz qatlamlari hosil bo’ladi. M. morfologik jihatdan 3 turga: er usti muzligi, tog’ muzligi va qirg’okdagi dengizga tomon yastanib yotgan shelf turidagi muzlikka bo’linadi. Tog’muzligining yiriklari: Alyaskadagi bering (170 km), Pomirdagi Fedchenko (77 km), Qoraqurumdagi Sia- Chen (75 km) va b. Eng yirik tog’muzligi O’rta Osiyo tog’larida. Er yuzidagi M.ning umumiy mayd. 16,1 mln. km2 dan ko’proq (quruklikning taxm. 11%), hajmi taxm. 30 mln. km3. Shundan 15 mln. km2 kugb muzligi hisoblanadi. Tyanshanda 8622 km2, Pomirda 8400 km2, kata Kavkazda 1430 km2 , Frans-Iosif erida 13735 km2, Novaya Zemlyada 22423 km2. Severnaya Zemlyada 12472 km2, Kamchatkada 866 km2, Oltoyda 800 km2 dan ko’proq muzlik bor. M. ko’rinishi va xususiyatlari jixa- tidan xam bo’linadi. Mas, ostki qavati qattiq muzdan iborat firn muzligi, so’ngan vulkan kraterlarida joylashgan Kaldera muzligi, yuqori qismiga qor to’planadigan havza, quyi qismi muzlik tilidan iborat vodiy muzligi va X..K. Bulardan tashqari, vodiyda sharsharaga o’xshab osiliv turgan osma vodiy muzli- gi, tog’ning ikki yon bag’riga oqib tushgan xurjun shaklidagi muzlik (Pomirdagi Nalivkin muzligi), yassitog’larda joy- lashgan Skandinaviya tipidagi muzlik, materikni qoplab olgan Grenlandiya ti- pidagi materik muzligi (Arktika va An- tarktidada) bor. M. chuchuk suv manbai XI- soblanib, ayniqsa, qurg’oqchil r-nlarda (mas, O’rta Osiyoda) katta ahamiyatga ega. O’rta Osiyo tog’larida 7000 gayaqin katta- kichik M. bor. Ularda taxm. 2000 km3 suv bo’lib, u O’rta Osiyo daryolaridan deyarli 12 yil davomida oqadigan suv miqdoriga teng. O’zbekistondagi ko’pgina yirik da- ryolar, mas, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, So’x va b. M.dan boshlanadi va respublika xalq xo’jaligidagi shirkat va dehqon fermer xo’jaliklari erlari- ni .suv b-n ta’minlashda katta ahamiyatga ega. M.dagi suv resurelaridan to’g’ri va rasional foydalanish uchun muzlik re- jimini, tashki va ichki jarayonlarini bilish lozim. Bu ishlar b-n asosan, Glya- tsiologiya fani shug’ullanadi. O’rta Osi- yodagi M., asosan, O’zbekiston FA, O’rta Osiyo Gidrometeorologiya in-ti va qo’shni mamlakatlar ilmiy markazlari tomoni- dan o’rganilmoqda.