Myusse (Musset) Alfred de

Myusse (Musset) Alfred de (1810.11.12 – Parij – 1857.2.5) -Fran- suz yozuvchisi. Frantsiya akademiyasi a’- zosi (1852 y.dan). Ilk she’riy to’plami «Ispan va italyan kissalari» (183o) da romantik maktab dasturi — adabi- yotni hayotga yaqinlashtirish, yorqin man- Zara va syujetlar, kuchli ehtiroslar b-n yo’g’rilgan qaxramonlar obrazini yaratish o’z ifodasini topgan. Sevgi va rashk, xiyonat va jazo bu to’plamga kir- gan dostonlar mundarijasini tashkil etadi. «Dudoq va jom» dramatik dosto – nida u ozodlikni kuylab, o’zining Di- niy hurfikrliligini namoyish etgan. M.ning yolg’izlik g’am-alamlari aks etgan «Tunlar» turkum dostonlari (1835-37) jahon romantik lirikasining shoh na- munalaridan hisoblanadi. M.ning ilk pesalari nasriy yo’l b-n yozilgan («Venesiya tuni», 1830; «Andrea del Sarto», 1833; «Ishq b-n hazillashib bo’lmaydi», 1834). Mashhur pesalaridan biri «Lorentsachcho» (1834)da muhim ij- timoiysiyosiy g’oyalar olg’a surilgan. M. ijodining cho’qqisi «asr farzan- dining tazarrusi» (1836) romanidir. Asarda iyul inqilobidan keyin tarix sahnasiga kelgan yosh avlodning umumlash- ma obrazi tasvir etilgan. Ushbu roman jiddiy muammolarning ko’targanligi va ruhiy tahlilning teranligi b-n M.ning boshqa asarlaridan keskin ajraladi. M. ijodida Sharq she’riyati ta’si- ri va Sharq xalqlari hayotidan olingan voqealar tasviri muhim o’rin egallaydi.