Naddof

Naddof-o’rta asrlarda paxta tituvchi yoki jun savalovchi mehnatkash. Ular O’rta Osiyoning yirik shaharlarida alohida mahallalarda yashaganlar. Ularning mehnatlari asosan ip yigiruvchilarga paxtani chigitdan ajratib, savalab berishdan iborat bo’lgan.